O‘zbekiston sport delegatsiyasi Saudiya Arabistonida OFK va FIFA rahbariyati uchrashdi

  • 23 dekabr, 2023, 20:09
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston sport delegatsiyasi Saudiya Arabistonida OFK va FIFA rahbariyati uchrashdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. 
 
Dastlab Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti shayx Salmon al-Xalifa uchrashuv davomida Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov bilan O‘zbekistonga tashrifidan olgan taassurotlari haqida so‘zlab, kelgusida qator nufuzli tadbirlarni mamlakatimizda o‘tkazish istagi boriligini ma’lum qildi.

fifa_1

Futbolimizda U-17, U-20, U-23 toifalarida tarbiyalanayotgan iste’dodlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar borasida o‘zaro fikr almashdilar. FIFA prezidenti Janni Infantino bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Unda Infantino O‘zbekistonga tashrif unda o‘zgacha taassurot qoldirganini alohida qayd etdi.

shayx

Tomonlar futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik hamda milliy futbol markazining barpo etilishi jarayoni mavzularida fikr almashishdi. O‘z navbatida, FIFA rahbari markaz qurilishida xalqaro tajribaning qo‘llanilishi borasida o‘z yordamini ayamasligini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!