O‘zbekiston terma jamoasi Isroilga qay tarzda imkoniyatni boy berdi? Mag‘lubiyat omili nimada?

  • 31 may, 2023, 04:20
  • 11
  • Futbol

Argentinada 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Guruh bosqichini ijobiy hal qilgan O‘zbekiston terma jamoasi nimchorak finalda Isroil bilan kuch sinashdi.

photo_2023-05-31_00-25-02

Uchrashuvdan avval Isroil himoyaviy o‘yin uslubini tanlashini tahmin qilgandik. Biroq ular hamyurtlarimiz kabi imkon topildi deguncha hujumga o‘tdi. 

8-daqiqada Sherzod Esanov bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. Ammo hakam golni inobatga olmadi. Sababi hamyurtimiz Shahzod Ne’matjonov raqib posboniga qo‘pollik ishlatgandi.

photo_2023-05-31_01-38-17

Oradan 5 daqiqa o‘tib, Isroil ham javob berdi. Ya’ni o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni raqib futbolchisi boshi bilan darvozaga yo‘naltirdi. Yaxshiyamki, to‘p ustunga tegib qaytganida himoyachilar tepib yubordi. Aks holda hisob ochilishi mumkin edi.

20-daqiqada Abbos Fayzullaev chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, to‘pni sherigiga oshirdi. To‘p yo‘l-yo‘lakay raqib himoyachisining oyog‘iga tegib Sherzod Esanovga kelib tushdi. Hujumchimiz kutilmagan holat bo‘lgani uchun to‘pni to‘xtatmay zarba berdi. Ammo uning nishoni to‘sin bo‘lib chiqdi.

Taym oxirlariga yaqin chap qanotdan uzatilgan to‘pni Zafarmurod Abdirahmatov erga tushirmay kuchli zarba bilan darvozaga yo‘lladi. Posbon xavfni bartaraf etdi.

photo_2023-05-31_01-38-21

Tanaffusdan so‘ng ikki jamoada uzoq masofadan zarbalar ko‘paydi. Bu murabbiylarning ko‘rsatmalari. Biroq ikki tomon ham aniqlik borasida maqtana olmadi.

O‘yinning uchdan ikki qismi o‘tib borayotganda biroz jarohat olgan Shaxzod Ne’matjonov o‘z o‘rnini Po‘latxo‘ja Xoldorxonovga bo‘shatib berdi. Keyin esa Ravshan Haydarov zaxiradan Nodir Abdurazzoqov va Mahmud Mahamadjonovni ham maydonga tashladi.

Xoldorxonov o‘yinga qo‘shilishi bilan yaratilgan vaziyatlarda raqiblarni aldab o‘tishga kirishib ketdi. Natijada hujumning xavflilik darajasi yo‘qoldi, aksariyat hollarda to‘pni oldirib qo‘ydi.

82-daqiqada raqib vakili El Yam Kansepolski ancha kuchli zarbasi bilan hisobni ochishga yaqin keldi. U tepgan to‘p yuqoridan o‘tib ketdi. Aks holda zarbani darvozabonimiz qaytirishi mushkul edi.

Taym oxirida Isroil terma jamoasi tashabbusni qo‘lga olib, o‘yinni hal qilishga urindi. Vaziyatlar sodir etdi. 90-daqiqada Hamza Shibili o‘ng tomondan oshirilgan to‘pni qulay vaziyatdan turib darvozaga yo‘naltirishda adashdi.

Futbolchilar almashtirish borasida Isroil termasi murabbiyining qarorlari to‘g‘ri bo‘lgani ko‘rindi. Zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinni kuchaytirdi. Bizda esa aksi kuzatildi.

90+7-daqiqada jarima zarbasidan so‘ng Anan Xalaili darvozamizni ishg‘ol qildi. Bu futbolchi ham yaqindagina maydonga tushgandi…

Natijada terma jamoamiz alamli mag‘lubiyatga uchradi va jahon chempionatida nimchorak finalda to‘xtadik. Afsuski, yagona gol uchrashuv taqdirini hal qildi. Biz esa yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmaganimiz uchun imkoniyatni boy berdik. Guruh bosqichidagi holat yana takrorlandi. Futbolchilarimizda sovuqqonlik etishmadi. Aksariyat bellashuvlarda hakamlar zararimizga ishladi va hokazo.

Lekin terma jamoamiz kichik mundialda ajoyib o‘yin ko‘rsatgani, guruhdan chiqish vazifasini bajarib, millionlar muxlislarga quvonch ulashganini e’tirof etib o‘tish darkor. Chempionatning yorqin jamoalaridan biriga aylandi, deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Muhimi katta tajriba to‘plandi.

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rescara
31/05/2023 04:24
Маглубиятни 500% омили Хайдаровда. 7-17 ракамни тушириб узбекистонни уйинини синдирди. 2 та латта коррупцияни боласи ютди Узбекистонни
&
dilshodbekqambarov405@gmail.com
31/05/2023 05:59
Ха дустлар маглубиятдан хулоса чикариш кк рахбарлар.
Булди хамма нарса етарли. Мулисларда асаб колмади.
Судяга тункашни бас килайлик кучли булсак Уни( судяни) хам ютамиз.
3-4 та уйинчилар имкон борича уйнади(14,3,11) Рахмат сог булишсин.
&
Гафурович
31/05/2023 04:42
Маґлубиятга учраганимизи сабаби ку́п.
1- тактика
2- судья
3- заменанинг ноту́ґри килингани
4- тренерни дуррангга умид килгани
5- мотивацияни етишмагани у́йин охирида
6- су́нги 25 минутда бизикиларни майдондан ґойиб бу́лгани.
Хаммаси тренерни айби
&
Said89
31/05/2023 04:26
17 raqamdagi Abdurazzoqov murabiyni jiyanimi deymanda har o'yinda tushib maydonda haykal vazifasini bajaryapti tezlik nol jahon chempionatiga bunaqalar bormaslik kerak
tokhir otakhanov
31/05/2023 22:21
Qanaqasiga xakamlar omili? Chichib quydi Xaydarov. Zahiradan tushganlar NOL
Nishonov Obidjon
31/05/2023 20:18
Sudyaga ayb agdarmaylik diysizlaru ha deb Israelga yon bosaverib bollarni ruhiyatini sindirdi nohaqlik qilaverganidan bollar uyinni tashlab yubordi tugri yaqqol yon boskani yuqku lekin mayda chuydalar bilan jamoamizga psihologik bosim qildi bu yevrelar aniq sudyani sotib olgan
Farruh Abdullaev
31/05/2023 14:38
60 чи минутдан кейин бизникилар мураббий бошчилигида Чойхонага кетишди. 17 ва 7 ракам нимага тушурасан тушдими кутига чуг кистирмайсанми уйна деб . Охирги 20 минутда яккол голни хиди келиб туривди еврейлардан . Коррупция йуколмас экан футболимиз хам иктисодиятимиз хам юксалмайди .
ишбобоев жума
31/05/2023 10:57
Балли йигитлар! Хеч качон бош эгманглар. Олга УЗБЕКИСТОН!!!
А689 НМ
31/05/2023 07:12
Бизда 2нчи булимда захирадан 3 таси тушгач уйин улди яхудийлар туширган захиралар уйинни кучайтирди уйинни охирги 15 минутида бизникилар таслим булиб маглубиятни тан олиб булганди кушимча таймлар булганда хам бизникилар ютказарди чунки бизникилар 2 нчи булим 30 минутдан кейин тула уйинни ракибга бериб хеч нима килолмай колди.
&
Uzbek ligion
31/05/2023 04:29
Uzbekistonda yahshi trener,yahshi hujumchi yuq ekan.3 raqamli futbolchi zur ekan
&
Said89
31/05/2023 04:28
Xoldorxonov, Abdurazzoqov, Muhammadjonov larga rahmat bizni keyingi bosqichga olib chiqmagani uchun