O‘zbekiston yordamchi murabbiyi Katanetsning ahvoli, raqibga qarshi qanday tayyorlanayotgani va ijobiy natija qo‘lga kiritish yo‘llari haqida gapirdi (matbuot anjumani)

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Gonkongga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yin oldidan vakillarimiz yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Hammaga xayrli kun! Afsuski, ertangi o‘yinni bosh murabbiyimiz Srechko Katanetssiz o‘tkazishga majburmiz. Uning holati haqida ma’lumot bermoqchiman.

Ikki kun oldin u o‘zini noqulay his qilayotganini aytdi va shuningdek, unda shaxsiy muammolar borligini aytdi. Uning hayoti borasida batafsil so‘rab o‘tirishni lozim topmadik. 

Shunga qaramay, biz, janob Katanets va butun o‘zbek halqi jamoamizga ishonadi. Ertaga ham munosib natija bilan muxlislarni xursand qilishni maqsad qilganmiz. 

Gonkongni va qolgan barcha jamoalarni birdek hurmat qilamiz. Bizda hech qanday xavotir yo‘q, ammo bepisandlik bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmaslik lozim. 

Biz doim eng yuqori darajada o‘yin namoyish etishni maqsad qilamiz. Qisqa vaqt ichida bir raqib bilan ikki uchrashuv o‘tkazish rostan qiyinchilik tug‘diradi. Natijaga etishish uchun to‘g‘ri yo‘l tanlay olishimiz kerak. 

G‘alaba qozongan o‘yinimizdan xulosa chiqarib, Gonkong termasining zaif nuqtalaridan yanada unumli foydalanishimiz kerak. Shuningdek, bellashuv oldidan motivatsiya ham muhim ahamiyatga ega. 

Turg‘unboev universal futbolchilarimizdan biri hisoblanadi. Uning qanot himoyasidagi o‘rni beqiyos. Aziz gohida himoyachi, gohida yarim himoyachi va kerak bo‘lsa, hujumchi chizig‘ida ham harakat qila oladi. 3 himoyachilik taktikada uning jamoaga foydasi juda katta ekani barchaga namoyon bo‘lib turibdi. 

Ertaga Katanets bilan muloqot orqali qanday taktik sxemada harakat qilishimizni hal qilib olamiz. Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida etarlicha ma’lumotga egamiz", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!