O‘zbekistonlik ekspertlar tomonidan "Kanelo"- Charlo jangi bo‘yicha qiziqarli fikrlar...

  • 27 sentabr, 2023, 16:35
  • 0
  • Boks

30 sentyabrdan 1 oktyabrga o‘tar kechasi AQShning Las-Vegas shahrida super jang kechasi tashkil etiladi. Ya’ni, professional boksning tom ma’nodagi yulduzlari Saul Alvares va Jermell Charlo ikkinchi o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida mutlaq chempionlik (WBC, IBF, WBO, WBA) uchun ringga ko‘tarilishadi. Ushbu qarama-qarshilik haqida o‘zbekistonlik boks olami vakillarining fikrlari bilan qiziqqanmiz va uning 1-qismini e’tiboringizga havola etgandik. Bu safar 2-qismini taqdim etamiz.

Azamat Murodov – jurnalist

- Charlo bir yo‘la ikkita vazn ko‘tarib ringga chiqayotgani juda katta tavakkalchilik degan bo‘lardim. -69,85 kgdan, masalan -72 kg vaznga ko‘targanda tushunsa bo‘lardi. U bir yo‘la -76,2 kg vaznda jang qilmoqchi. Bu katta tavakkalchilik. Charlo 76 kg vazn qilishga qiynalmasligi mumkin, lekin doimiy ravishda vazn tashlab 76 kgga tushib yurgan bokschi jangdan bir kun oldin shu vaznni qayd etsa bo‘ldi. Janggacha kamida 6-7 kg vazn to‘plab oladi va 80-85 kg atrofida bo‘lib jang qiladi. Aynan shu vaqtda Charloga vazn ya’ni massa etishmasligi mumkin. Taktikaga keladigan bo‘lsak, “Kanelo” shundoq ham juda tajribali va bo‘yi o‘ziga nisbatan uzunroq bokschilarga qarshi ham qanday jang qilishni yaxshi biladi. Shu ma’noda u Charloga qarshi jangda ortiqcha qiyinchilikka uchramasa kerak. Ammo bu boks, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Muhimi yaxshi jang ko‘rsak bo‘ldi.

Azam

Mansur Muqimov – murabbiy

- Yaxshi jangni ko‘ramiz. Chunki, Charlo hozirgi kunda o‘sib kelayotgan va imkoniyati yuqori bo‘lgan bokschi, desam yanglishmagan bo‘laman. Unda biroz yangi vaznga moslashish borasida qiyinchilik tug‘lishi mumkin. Alvares borasida ko‘p gapirish mumkin. U oddiy bokschi emas. Biroq, eng zo‘r vaqti ham deb bo‘lmaydi. Shuning uchun Charlodagi motivatsiya va ishtiyoq bu jangda o‘z so‘zini aytsa kerak. Menimcha Charlo yutadi.

muqimov_1

Mujibullo Tursunov – bokschi

- To‘g‘risi, Saul Alvaresning uslubi menga juda yoqadi va undan ko‘p narsani o‘rganishga harakat qilaman. Juda texnikasi yuqori bo‘lgan va aqlli bokschi deb bilaman. Charlo ham yomon emas, u ham yaxshi natijlar qayd etib kelayapti. Biroq, baribir Alvares boshqa daraja. Lekin boksda ko‘p narsa tayyorgarlikka bog‘liq bo‘ladi. Agar, Alvaresning tayyorgarlik jarayonida muammolar bo‘lmagan bo‘lsa, osonlik bilan bu jangni o‘z foydasiga hal qiladi.

mujji

A’loxon Abdullaev – bokschi

- Bu jangni hamma qatori kutyapman. Zo‘r jang bo‘ladi. Ikkalasi ham yaxshi, kuchli zarbaga ega va texnikasi yuqori. “Kanelo” baribir xavfli, desam adashmagan bo‘laman. Charlo o‘z vazn toifasida jang qilganda balki unda imkoniyat bo‘lardi. Lekin u “Kanelo”ni vaznida ringga ko‘tariladi. Bu vaznda “Kanelo”ni yutishning imkoniyati juda past. Mening fikrim bu bahsda “Kanelo” yutadi.

a’lo

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!