O‘zbekistonni boshqargan murabbiy Salohning “Real”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymagan

  • 17 may, 2020, 09:46
  • 0
  • Futbol

Misr terma jamoasi sobiq murabbiyi Xani Ramzi 2018 yilda Muhammad Saloh “Real”ga o‘tmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi.

- Men terma jamoada Ektor Kuper bilan ishlaganimda Shveytsariyada o‘quv mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazgandik. O‘shanda Saloh “Real”dan yaxshi taklif olganini aytdi. Biroq, bu masalada Ektor Kuper bilan gaplashganidan keyin Muhammad Saloh “Real”ga o‘tmasdan “Liverpul”da qolishga qaror qildi, - dedi Xani Ramzi.

Ektor Kuper Misr terma jamoasidan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2018-2019 yillarda boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!