O‘zbekona mehmondo‘stlik

Albatta bu borada ko‘proq boshqa sohalar tushuniladi, lekin Taekvondo WT bo‘yicha mamlakatimizda asosiy tarkib sportchilarimiz bilan yig‘inni o‘tkazayotgan Ukarina, Gruziya va afg‘onistonlik ko‘zga ko‘ringan taekvondochilar uchun bugun o‘zgacha kun bo‘ldi, desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Chet ellik sportchilarga O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi boy milliy merosimiz, turli an’analarimiz, xilma-xil mevalardan tortib, bir-biridan shirin taomlarni, hunarmandlik asosida qo‘l mehnati bilan tayyorlangan ishlarining ko‘rgazamasini tashkil etishdi. Kutilmagan va ajoyib tadbir chet ellik sportchilaru, murabbiylarni lol qoldirgani bor gap. Bir piyola choy ustida ular dildan suhbatlashishdi. Mashg‘ulotlardan keyingi ruhiy toliqish va jismoniy zo‘riqishni yo‘qotish uchun ularga milliy raqs namunalari ijro etgan sportchilarimizni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Albatta mashg‘ulotlar o‘z yo‘liga, lekin qaysi bir mehmon kelmasin biz hamisha qo‘limiz ko‘ksimizda ularni mehr bilan qarshi olamiz. Bu hol bugungi tadbirda ham o‘z aksini topdi. Tadbir yakunida mehmonlarga O‘zbekiston tarixini o‘zida aks ettiruvchi esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Sayyohlik va turizm iqtisodiy rivojlanishning drayveri, ya’ni harakatlantiruvchi kuchi ekani va bu ijtimoiy rivojlanishga keng yo‘l ochishi shubhasiz. Demak sportda ham bu davom ettirilsa ijobiy samaraga erishilishi shubhasiz. Buni bugun tashkil etilgan tadbir ham isbotlab turibdi.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!