Para dzyudo. Yaponiya poytaxtida 11 ta medal qo‘lga kiritildi

  • 11 dekabr, 2022, 22:44
  • 0
  • Dzyudo

Bugun Tokio shahrida para dzyudo bo‘yicha Tokio ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

10 ga yaqin davlat sportchilari ishtirok etgan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib qatnashdi.

Vakillarimiz shu kuni 3 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza, jami 11 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Umumjamoa hisobida esa terma jamoamiz mezbon Yaponiyadan so‘ng 2-o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni Qozog‘iston yakunlab berdi.

Endi para dzyudochilarimiz 3 kun davomida Tokio shahrida tashkil etiladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishitrok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!