Para engil atletikachilarimiz yorug‘ yuz bilan yurtimizga qaytib kelishdi

Parijdagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan para engil atletika bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari yurtimizga qaytib kelishdi.

Qahramonlarimiz Toshkent xalqaro aeroportida Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, qo‘mita mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!