Paralimpiya. Parij Gran-prisida 2 ta medal qo‘lga kiritildi

30 avgust kuni Parij shahrida Jahon para taekvondo Gran-Prisi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari 2 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Jumladan, ayollar o‘rtasida Guljanoy Naimova hamda Ziyoda Isoqova finalga qadar etib bordi va yakunda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerakki, Frantsiya poytaxtida o‘tgan ushbu nufuzli musobaqa sportchilarimizga Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolarini ham taqdim etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!