Peres transfer bozoriga "bombalar" bilan qaytmoqda, yozda ular "portlaydi". Yoxud "Real" katta o‘zgarishlar ostonasida

  • 17 aprel, 2021, 14:36
  • 0
  • Futbol

"Real" mavsum yakunlanishiga 6 hafta qolganida ikki jabhada kurashni davom ettirmoqda. Ispaniya kubogida “Alkoyano” klubiga qarshi sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng, (20 yanvar) Zinedin Zidan jamoasi ulkan yutuqlarga erishdi. "Qirollik klubi" peshqadam "Atletiko" bilan yuzaga kelgan 9 ochkolik farqni deyarli yo‘qqa chiqardi. Chempionlik uchun kurashayotgan "Barselona" esa o‘tgan haftada tor-mor keltirildi. Eng muhimi, “Real” Chempionlar Ligasining yarim finaliga yo‘l oldi. Shu sababli, “Real” hozirda “oltin dubl”ni rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi. Aytish kerakki, madridliklar buni o‘z tarixlarida bor yo‘g‘i 3 marta - 1956/57, 1957/58, 2016/17 yilgi mavsumlarda qayd eta olgan xolos. Aynan hozirgi tarkib 4 yil muqaddam jamoaning 60 yil oldingi so‘nggi “oltin dubli”ni takrorladi, ammo Peres bu bilan kifoyalanmoqchi emas. Bundan tashqari, prezident kelgusi natijalaridan qat’i nazar, tarkibni sezilarli darajada o‘zgartirishni rejalashtirgan. “Planka” juda yuqori olingan. Yangi loyiha qayta rekonstruktsiya qilingan va zamonaviylashgan “Santyago Bernabeu” darajasiga munosib bo‘lishi kerak.

Ispanskie SMI anonsiruyut perestroyku v Madride: 10 futbolistov "na vyxod", veterany nepokolebimy, Xoland i Mbappe - na vxod

Yangilangan “Real”ning birinchi qaldirg‘ochi "Bavariya"ning 28 yoshli himoyachisi David Alaba bo‘ladi, deb yozmoqda Marca. Evropa ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishicha, Florentino avstriyalik futbolchining shartnomasini 18 yanvardayoq aniq qilib qo‘ygan. Unga ko‘ra, Alaba “Real” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga taxminan 10 million evro maosh oladi. Ammo, Madrid grandining asosiy maqsadi baribir jahon darajasidagi hujumchi sotib olish hisoblanadi. Bu borada juda ko‘p mish-mishlar yuribdi. Gap shundaki, Peres jamoaga bitta emas, birdaniga ikkita "galaktikos"ni - Mbappe va Xolandni olib kelmoqchi.

Ha, "Real"ning qarzi katta (500 million evrodan ortiq) va stadionida qimmatbaho ta’mirlash ishlarini amalga oshirmoqda. Ammo samarali byudjet shu holatda ham bir nechta yulduz futbolchilarni taklif qilishga imkon beradi. Birinchidan, yaqinda qayta saylangan Peres transfer bozorida anchadan buyon ko‘rinmadi. Uning so‘nggi qimmatbaho xaridi Eden Azar bo‘lgan edi. 2019 yil “Real” belgiyalik futbolchini “Chelsi”dan 130 million evro evaziga sotib olgan. Ikkinchidan, “Santyago Bernabeu”ning rekonstruktsiyasi 30 yillik imtiyozli kredit evaziga amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, “Real” har 12 oyda qarzning 29 million evro miqdoridagi qismini qaytarishi kerak. Bu pandemiya davrida ham “qirollik klubi” uchun u qadar katta mablag‘ emas. Agar PSJ va "Borussiya" o‘zlarining ambitsiyalaridan voz kechsa, Florentino bu ishlarga jiddiy kirishishga tayyor. Aftidan, ikkala futbolchi bilan ham og‘zaki kelishuvga erishilgan. Chunki Mbappe shayxlar bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar jarayonini iloji boricha kechiktirmoqda. Xoland esa agenti Mino Rayola bilan Dortmunddan ketishning turli yo‘llarini qidirmoqda. To‘g‘ri, madridliklar har bir tiyinni hisob-kitob qilishadi. Chunki yuqorida tilga olingan ikkala transfer umumiy hisobda “Real”ga taxminan 300 million evroga tushadi. O‘z navbatida Mbappe va Xoland ham Madridga ko‘chib o‘tish uchun moliyaviy yo‘qotishlarga tayyor bo‘lishi kerak. Mbappe hozir PSJda yiliga 30 million evro olmoqda, ammo u “Real”ga o‘tsa, hozirgi maoshining uchdan birini oladi. Norvegiyalik futbolchiga esa 15 mln evro va’da qilinmoqda. Lekin unga bundan ancha ko‘p maosh taklif qilayotgan jamoalar ham bor.

Klubda amalga oshiriladigan birinchi “tozalov”dan so‘ng jamoa yangi bosqichga sezilarli darajada yaqinlashadi. Hozirda 9 nafar futbolchi “Real”ning “qora ro‘yxati”ga kirgan. Bular Beyl, Marselo, Isko, Odriosola, Mariano va Yovich. Bundan tashqari, Madrid klubi Mayoral, Vallexo va zaxira darvozaboni Altuba uchun takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. "Real" rahbariyati shuningdek, jamoa sardori Serxio Ramosning yakuniy qarorini kutmoqda. El Chiringuito nashri muxbiri Xosep Pedrerolning so‘zlariga ko‘ra, 35 yoshli himoyachi yanvar oyida qo‘ygan ultimatumidan beri prezident bilan umuman gaplashmagan. O‘shanda Peres shunday degan: "Agar siz bizning shartlarimizni qabul qilmasangiz, biz sizsiz jamoani tuzamiz". Ramos esa: "Yaxshi, sinab ko‘ring", deb qisqa javob qaytargan.

Serxioning hozirgi maoshini (soliqlarni hisobga olgan holda 40 million evro) hisobga olsak, uning ketishi "qirollik klubi" uchun moliyaviy jihatdan foydali bo‘ladi. Xuddi Varananing transferi kabi! Frantsiyalik futbolchi shartnomani uzaytirishda ikkilanmoqda va shu bois klub ham jimgina turli variantlarni o‘rganmoqda. Kelajakdagi inqilobning yana bir qurboni Vaskes bo‘ladi. Ispaniyalik futbolchi yozda Madridni tark etishi mumkin. Jarohat olgan Karvaxal qaytganidan keyin Zidan uni maydonga tushirmayapti. Aslida, hozirgi tarkibning faqatgina 8 nafar futbolchisi o‘zlarini xavfsiz his qila oladi. Bular Kurtua, Kazemiro, Kroos, Benzema, Valverde va Vinisiusdir.

Ammo mavsum yakunlangach jamoada Zidanning o‘zi qoladimi yoki yo‘qmi, bu ham so‘roq ostida. Shunisi aniqki, "Real" yozda “qaynoq” transferlarni amalga oshiradi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!