Pike bir oydan buyon qamoqda yotgan Alves haqida gapirdi

  • 15 mart, 2023, 13:10
  • 0
  • Futbol

"Barselona"ning sobiq himoyachisi Jerar Pike Kataloniya klubidagi sobiq jamoadoshi Dani Alvesga nisbatan zo‘rlanganlik haqidagi ayblovlar haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi bir oyga yaqin vaqtdan beri hibsda saqlanmoqda. Afsonaviy futbolchi tungi klubda qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda.

"Men uni hamon hurmat qilaman. Uning o‘rtoqlari uchun bu voqea juda murakkab. Endi asosiysi adolat o‘z ishini qilishi kerak. Biz uning aybdorligi tasdiqlanmagunicha kutishimiz kerak.

Eng oson yo‘li, uni aybdor deyish, lekin men sudyaning hukmini kutmoqchiman”, - dedi Pike.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!