Potter APLga qaytmoqchi

  • 10 aprel, 2023, 21:20
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" bilan amaldagi shartnomasini bekor qilib, ishsiz yurgan Grem Potter murabbiylikka qaytmoqchi. U "Sautgempton" klubini boshqarishga tayyor, deya xabar bermoqda "Foot Insider" nashri. Agarda klub unga taklif bilan chiqsa, angliyalik mutaxassis buni rad qilmaydi.

Ayni dam turnir jadvalida 20-o‘rinda borayotgan "Sautgempton" kelasi mavsumni Chempionshipda o‘tkazishi mumkin. Ruben Selles jamoani fevralda qabul qilib oldi. Uning qo‘l ostida klub grandlardan ochko olishni eplamoqda ("Manchester Siti" bundan mustasno). Ammo baribir muammolar etarlicha.

Potterga "Sautgempton"dan tashqari "Lester", "Vest Xem" va "Tottenxem"dan ham takliflar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!