Povetkin - Uayt jangi muddatidan avval yakunlandi

  • 28 mart, 2021, 04:31
  • 0
  • Boks

Hozirgina, WBC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun rossiyalik Aleksandr Povetkin va britaniyalik Dillian Uayt bahs olib bordi. Ushbu sportchilar o‘rtasida ikkinchi bor tashkil etilgan qarama-qarshilikda Uaytning qo‘li baland keldi. 

4-raundda Dillian bir qator kuchli zarbalarni yo‘lladi va Povetkin jangni davom ettira olmadi. 

Bokschilarning ilk bahsida "Sasha" g‘alaba qozongandi. Katta ehtimol bilan, endi ular o‘rtasidagi uchinchi jang ham tashkil qilinadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!