Povetkin: "Fyuri Ngannuni mag‘lub etadi, Tayson boshqa daraja"

  • 25 sentabr, 2023, 20:42
  • 1
  • Boks

Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Aleksandr Povetkin Fyuri - Ngannu jangiga taxminlarini bildirdi:

"Ngannu sobiq UFC chempioni ekanligini bilaman. Mazkur jangdan ko‘p pul topilishi qiyin. Ishonchim komilki, Fyuri g‘alaba qozonadi. Ammo ular MMAda jang qilishsa, qiziqroq bo‘lardi. Boksda esa favorit kim ekanligi aniq. Fyuri Ngannuni mag‘lub etadi, Tayson boshqa daraja", - dedi Povetkin.

Eslatib o‘tamiz, Frensis Ngannu (MMA 17-3) va Tayson Fyuri (33-24-1) o‘rtasidagi boks to‘qnashuvi 28 oktyabr kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Н Н
28/09/2023 23:44
https://r.honeygain.me/BUXG911C26