PSJ tarbiyalanuvchisi Chempionlar ligasi tarixiga kirdi

Kecha, 1 may kuni PSJ Chempionlar ligasining birinchi yarim final uchrashuvini mehmonda Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi o‘tkazdi va imkoniyatni boy berdi. “Signal Iduna Park” stadionida kechgan uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.

E’tiborlisi, shu kuni parijliklar safida 18 yoshli yarim himoyachi Uorren Zair-Emeri asosiy tarkibda maydonga tushdi va Chempionlar ligasi yarim finalini asosiy tarkibda boshlagan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylandi. Bu borada birinchi o‘rinni 17 yoshida (2011) evrokuboklarning yarim finalida o‘ynagan yarim himoyachi Yulian Draksler egallab turibdi.

Bundan tashqari, shu kuni PSJ tarkibida 30 yoshdan katta o‘yinchi yo‘q edi. Bu 2012 yildan beri Chempionlar ligasi yarim finalida birinchi marta kuzatilmoqda (Bavariya – “Real” (3:3, penaltilar bo‘yicha 3:1)).

Joriy mavsumda Zair-Emeri 40 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Frantsiyalik futbolchi PSJ tarbiyalanuvchisi bo‘lib, akademiyadan asosiy jamoaga qadar ko‘tarilgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt Zaire-Emerini 60 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!