Qashqadaryoda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida mamlakat chempionati boshlandi

Bugun Qarshi shahrida voleybol bo‘yicha 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Aytish kerakki, bu yilgi musobaqada yurtimizning 11ta hududidan kelgan sportchi yoshlar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib borishadi.

Jamoalar uchta guruhga bo‘lingan holda kurashga kirishdi. Qur’a natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagicha guruhlarga bo‘lindi.

O‘g‘il bolalar

A guruhi:

Farg‘ona viloyati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Jizzax viloyati

B guruhi:

Qashqadaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Sirdaryo viloyati

Namangan viloyati

C guruhi:

Andijon viloyati

Xorazm viloyati

Buxoro viloyati

Toshkent shahri.

Qizlar

A guruhi:

Xorazm viloyati

Jizzax viloyati

Samarqand viloyati

 

B guruhi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Andijon viloyati

Namangan viloyati

Toshkent shahri

C guruhi:

Farg‘ona viloyati

Buxoro viloyati

Sirdaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati.

Ochilish marosimi nihoyasiga etgach musobaqaning birinchi uchrashuvida ishtirok etadigan Qashqadaryo hamda Namangan viloyati jamoalari maydonga taklif etildi.

1-turda bahs olib boradigan qolgan juftliklar esa quyidagicha:

O‘gil bolalar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Jizzax viloyati;

Surxondaryo viloyati – Sirdaryo viloyati;

Andijon viloyati – Toshkent shahri;

Xorazm viloyati – Buxoro viloyati.

Qizlar:

Jizzax viloyati – Samarqand viloyati;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Toshkent shahri;

Andijon viloyati – Namangan viloyati;

Buxoro viloyati – Sirdaryo viloyati;

Farg‘ona viloyati – Qashqadaryo viloyati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!