"Qo‘qon-1912" ustozi: "Futbolchilarimiz ko‘rsatmalarimizni to‘liq bo‘lmasa-da, 80 foizga bajarishdi"

Pro liganing 6-turida “Qo‘qon-1912” jamoasi “Do‘stlik”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin qo‘qonliklar ustozi Muhsin Nizomiddinov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Ikkala jamoa ham Kubok o‘yinlarida yaxshi taassurot qoldirdi. Ko‘rdinglar, o‘yin davomida ikkala jamoaga ham qiyin bo‘ldi. O‘ylagan niyatimizga erishdik. “Do‘stlik”ni o‘rganib, jiddiy tayyorlangandik. Futbolchilarimiz ko‘rsatmalarimizni to‘liq bo‘lmasa-da, 80 foizga bajarishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!