Rabio faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin

  • 23 sentabr, 2023, 18:05
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega. "Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik yarim himoyachi xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.

Rabo “keksa sinyora” safida 2019 yilning iyulidan buyon o‘ynab kelmoqda. Yarim himoyachining Italiya grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning narxini 40 million evroga baholamoqda.

Italiya chempionatining joriy mavsumida 28 yoshli yarim himoyachi to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!