Rafael Nadal "Rolan Garros"da tengsiz

  • 9 iyun, 2019, 21:12
  • 0
  • Tennis

Parij shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" musobaqasining yakkalik bahslarida g‘olib nomi aniq bo‘ldi.

Unda ispaniyalik Rafael Nadal va avstriyalik Dominika Tim o‘zaro raqobatlashdi. To‘rt set davom etgan o‘yinda Nadal raqibini 6:3, 5:7, 6:1, 6:1 hisobida taslim qildi.

Shu tariqa, bosh sovrinni qatorasiga uchinchi bor qo‘lga kiritgan Rafael Nadal 2000 reyting ochkosi va 2 million 300 ming AQSh dollari pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!