Rafinya "Barsa"ning chempionlar ligasidagi 600-golini kiritdi

Bugun tunda "Barselona" Evropa chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi doirasida PSJ bilan kuch sinashdi va yirik 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Uchrashuvda kataloniyaliklarning yagona golini urgan Rafinya jamoasining mazkur musobaqadagi 600-goliga mualliflik qildi. Parijda kechgan o‘yinda ham u ikki gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. 

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 4:6 hisobida engilgan "Barselona" musobaqani chorak finalda yakunladi. PSJ esa yarim finalda "Borussiya Dortmund" bilan kuch sinashadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!