Rasman! Aleksandr Povetkin hamda Dillian Uayt o‘rtasidagi revansh sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 15 yanvar, 2021, 23:32
  • 0
  • Boks

Rossiyalik super og‘ir vazn toifasi vakili Aleksandr Povetkinning britaniyalik Dillian Uayt (27-2,18 KO) bilan revansh jangi sanasi rasman e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra, ular o‘rtasidagi ikkinchi jang Buyuk Britaniyada  6 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ma’lumki, birinchi to‘qnashuv 2020 yil 22 avgust kuni bo‘lib o‘tgan va unda rossiyalik charmqo‘lqop ustasi ajoyib "apperkot" zarbasi evaziga nokaut bilan g‘alaba qozongandi. Vaholanki Povetkin (36-2-1,25 KO) jang mobaynida ikki bor nokdaun holatiga tushib qolgandi. 

Mazkur jang DAZN platformasi tomonidan translyatsiya qilinadi. Hozircha jang qaysi arenada bo‘lib o‘tishi noma’lum. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!