Rasman: Dillian Uayt va Tayson Fyuri jangiga shartnoma imzolandi, jang sanasi va manzili ham ma’lum

  • 22 fevral, 2022, 12:39
  • 0
  • Boks

WBC yo‘nalishi bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi chempionlik uchun majburiy da’vogar Dillian Uayt (28-2, 19 KO) chempion Tayson Fyuri (31-0-1, 22 KO) bilan jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

“Ular qachon va qaerda jang qilishni xohlasalar, menga baribir. Fyuri bilan uzoq vaqt uchrashishga harakat qildim.

U bilan jang qilishga doim tayyor edim. Men hozir u bilan jahon chempionligi uchun kurashmoqchiman”, - dedi Uayt.

Bob Arum avvalroq Fyuri jang o‘tkazish uchun shartnoma imzolaganini ma’lum qilgandi. Jang 23 aprel kuni Londondagi "Uembli" arenasida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!