Rasman! "Dinamo"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi (Foto)

  • 29 iyun, 2020, 12:35
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsum oldidan «Dinamo» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarishlar yuz berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Xabaringiz bor, avvalroq, jamoa bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov va yordamchi murabbiy Rafael Balasanyan jamoani tark etgandi. Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, «Dinamo» bosh murabbiyi sifatida 48 yoshli mutaxassis Ravshan Ahmedov tayinlandi.

photo_2020-06-28_21-16-31

«A» litsenziyasi ega sanalmish Ravshan Ahmedov bungacha bolalar, o‘smirlar va yoshlar futbolida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. Unga jamoada Samarqand futboli vakili, sobiq futbolchi, yosh murabbiy Jasur Hamroev yordam berib boradi. Shuningdek, mahalliy sobiq futbolchilar Dilshod Sharofutdinov va Shuhrat Murodov murabbiylar shtabidan o‘rin olishgan. Klub rahbari sifatida Uchqun Qobilov faoliyat yuritmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!