Rasman! Dzyuba "Zenit" bilan shartnomani uzaytirdi

  • 30 iyul, 2020, 15:58
  • 0
  • Futbol

"Zenit" hujumchisi Artyom Dzyuba klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi piterliklar bilan "2+1" ko‘rinishidagi shartnomaga imzo chekkan.

Ma’lumot uchun, Dzyuba “Zenit” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 176 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 73 ta gol hamda 54 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!