Rasman: Masvidal va Dias o‘rtasida revansh jangi bo‘lib o‘tadi

  • 15 mart, 17:11
  • 0
  • MMA

Ikki sobiq UFC vakillari ikkinchi marotaba boks qoidalari bo‘yicha jang qiladi. Qarama-qarshilik 1 iyun kuni Los-Anjelesda yarim og‘ir (79,4 kg) vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Jang 10 raundga mo‘ljallangan.

"Neyt - tirik murda. Men jangni sabrsizlik bilan kutyapman. O‘tgan safar uni hakam qutqarib qolgandi. Lekin endi bunday bo‘lmaydi.Biz Dias bilan ringda jang qilamiz. U ushbu to‘qnshuvda g‘alab qozonish uchun hech qanday imkoniyatga ega emas. U ringda bir ochko ham ololmaydi, hatto nafas olishiga ham qo‘ymayman, - deya Masvidal jang haqidagi e’longa izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, ularning 1-jangi "UFC 244" turnirida bo‘lib o‘tgan va unda  Masvidal texnik nokaut bilan zafar quchgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!