Rasman! Pochettino "Chelsi" bosh murabbiyi

  • 29 may, 2023, 17:24
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi rasman Maurisio Pochettinoni bosh murabbiy etib tayinladi. Argentinalik mutaxassis klub bilan 2025 yilning yoziga qadar amalda bo‘lgan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Pochettino bir yil ishsiz edi. 2022 yil sentyabr oyi boshida argentinalik mutaxassis “Chelsi” bosh murabbiyi lavozimiga favoritlardan biri bo‘lgandi, ammo London klubi oxir-oqibat aprel oyida ishdan bo‘shatilgan Grem Potter nomzodi bilan kelishib oldi.

"Arsistokratlar" mavsumni Angliya premer-ligasida 12 o‘rinda yakunladi. Boshqa musobaqalarda ham londonliklar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va odatdagidan pastroq o‘yin ko‘rsatdi.

Pochettino avvalroq Angliyada “Tottenxem” va “Sautgempton” klublarida ishlagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!