Rasman! Tyago Silva mavsum yakunlangach, "Chelsi"dan ketishini ma’lum qildi

Braziliyalik himoyachi Tyago Silva yozda "Chelsi"ni tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda u videomurojaat yo‘lladi. 

"Chelsi" men uchun ko‘p narsani anglatadi. Bu erda bir yil qolish uchun kelgandim, ammo 4 yildan beri shu erdaman. Faqat o‘zim uchun emas, oilam uchun ham shu qarorga keldim. 

Farzandlarim ham "Chelsi" libosida to‘p tepishmoqda va bu men uchun klubning bir bo‘lagi sifatida faxr tuyg‘usini beradi. Umid qilamanki, o‘g‘illarim faoliyatlari davomida bu klubda ko‘plab sovrinlarga ega chiqa olishadi. 

To‘rt yil davomida men qilishim mumkin bo‘lgan barcha ishni qildim, jamoam uchun borimni berdim. Shunga qaramay, hamma narsaning boshlanishi, davom etishi bo‘lgani kabi yakuni ham bo‘ladi. Shu bilan hammasi tugadi, demagan bo‘lardim. "Aristokratlar" eshigidan boshqa vazifa egasi sifatida kirib kelishim ham mumkin", - dedi afsonaviy himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!