“Real” har doim yutqazishini istayman!

  • 7 iyul, 2023, 10:06
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bilan xayrlashgan Jerar Pike sobiq klubining “Real” bilan raqobati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- “Real” men o‘yinchilik faoliyatini boshlaganimda raqibimga aylangan. Hozir ham men madridliklar har doim yutqazishini istaymaydi.

Biroq, ular doimo favoritlar qatorida. Ular har doim yaxshi o‘ynaydi. Buni qanday uddalashayotganini bilmayman.

Men faqat “Barselona” va Andorra terma jamoasiga muxlislik qilaman va ularning o‘yinini kuzatib boraman, - dedi Jerar Pike.

Pike faoliyatini yakunladi. Ungacha “Barselona”da 616 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 53 marotaba ishg‘ol qilgan va 15 ta golli pas uzatgan.

Pike Ispaniya terma jamoasi safida jahon va Evropa chempioni bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!