"Real" Lunin bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Mavsum boshida "Real" Tibo Kurtuaning jarohati sababli, "Chelsi"dan Kepa Arrisabalagani ijaraga olgandi, lekin uni zaxira a’zosiga aylantirgan Andrey Luninning shartnomasi 2025 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. 

"The Athletic" nashrining xabar berishicha, "Real" 25 yoshli posbon bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytiradi. Tez orada yangi bitim borasidagi rasmiy yangilik ham paydo bo‘lishi mumkin.

19 yoshligida madridliklar safiga kelib qo‘shilgan, Ispaniyaning turli xil klublariga ijaraga berilgan va asosiy vaqtini zaxirada o‘tkazgan Andrey uchun umuman kutilmagan mavsum bo‘ldi. U madridliklar safida 29 ta o‘yinda maydonga tushishga erishdi.  

Luninga bir qator klublardan qiziqishlar bor. Ammo u Ispaniyada qolishga qaror qildi. Oldinda esa "Bavariya"ga qarshi juda muhim o‘yin kutib turibdi. Mazkur bellashuvni ham ukrainalik posbon asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!