“Real”: Shu futbolchini ketkazib, katta xato qilibmiz!

Angliya Premer-ligasida “Arsenal”ni chempionlikka etaklayotgan Martin Edegor faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Taniqli jurnalist Ekrem Konur norvegiyalik hujumkor futbolchiga PSJ va “Bavariya” kabi grand klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Qolaversa, “Real” ham sobiq futbolchisini ortga qaytarishga qaror qilgan.

“Qirollik klubi”ning asosiy tarkibiga kiritilmaganidan keyin Martin Edegor 2021 yili “Arsenal”ga ko‘chib o‘tgan edi. Iste’dodli futbolchi qisqa fursatda “kononirlar”ning etakchi o‘yinchisiga aylandi.

Ayni paytda Martin Edegor Angliya Premer-ligasining eng qimmatbaho o‘yinchilaridan hisoblanadi. Transfermarkt portali ekspertlari uni 95 million evroga baholagan.

Edegorning londonliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etishini inobatga olsak, da’vogarlar yaxshigina mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!