“Real” to‘rt futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi

  • 28 aprel, 2023, 16:02
  • 0
  • Futbol

“Real” mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida bosh murabbiy Karlo Anchelotti talabiga javob bera olmayotgan bir necha futbolchi bilan xayrlashish yo‘llarini qidirmoqda.

 Marca nashrining xabar berishicha, birinchi bo‘lib klubni tark etishi kerak bo‘lgan ijrochilar ro‘yxatiga Eden Azar, Xesus Valexo va Alvaro Odriosola kiritilgan.

Shuningdek, bir necha mavsumdan beri asosiy tarkibga kira olmayotgan Mariano Dias ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini almashtirishiga to‘g‘ri keladi.

Manbaning ta’kidlashicha, yuqorida nomi keltirilgan to‘rt nafar futbolchidan faqat Alvaro Odriosola o‘zi bo‘layotgan takliflarni o‘rganib chiqishga tayyor. Ispaniya chempionatida eng ko‘p maosh olayotgan Eden Azar ketishdan bosh tortmoqda.

Valexo va Dias ham jamoada qolib, asosiy tarkibga kirish uchun kurashni davom ettirishga tayyorligini ta’kidlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!