"Real" yarim himoyachisi "Atletiko"ga o‘tishi mumkin!

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi. "Todofichajes" nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik futbolchining xizmatlariga Madridning boshqa jamoasi qiziqish bildirmoqda.

"Atletiko" maydon markaziga nomzodlar izlamoqda va Dani nomzodlardan biri. "Matraschilar" yozgi transfer oynasida uni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Sebalos 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. La Liga turnir jadvalida "Real" birinchi o‘rinda, "Atletiko" esa to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.

Ma’lumot uchun,  27 yoshli xavbekning hozirga narxi 8 million evroni tashkil qiladi. Uning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!