“Real”da ishlagan bo‘lsa ham, bizga kerak emas

  • 15 oktabr, 2023, 14:35
  • 0
  • Futbol

Ispaniya terma jamoasi va “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi o‘z xizmatlarini Italiya chempioni “Napoli”ga taklif qildi.

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, ispaniyalik murabbiy Neapol klubida ishlamoqchi va bu borada klub prezidenti Aurelio De Laurentis bilan gaplashdi. Biroq “Napoli” xo‘jayini murabbiy taklifiga javob qaytarmadi.

“Napoli”ni o‘tgan mavsum chempioniga aylantirgan Luchano Spaletti Italiya terma jamoasiga bosh murabbiy qilib tayinlanganidan keyin uning o‘rnini Rudi Garsiya egalladi.

Hozir “Napoli”da o‘yin sifati sezilardi darajada pasaygan. Amaldagi chempion A Seriyada sakkizta uchrashuvdan teng yarmida ochko yo‘qotdi.

“Napoli” rahbariyati bosh murabbiylikka Antonio Konteni olib kelmoqchi. Shu bois, ular Xulen Lapotegi taklifiga qiziqish bildirmagani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!