"Real"dan ketayotgan Azar qancha puldan voz kechganini bilasizmi?

  • 4 iyun, 2023, 12:43
  • 0
  • Futbol

"Real" yarim himoyachi Eden Azarning ketishi ortidan deyarli 7 million evroni tejab qoladi.

32 yoshli belgiyalik futbolchi madridliklar bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra amaldagi shartnomani bekor qilishini e’lon qilidi. Ta’kidlash kerakki, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi.

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Azar deyarli 7 million evrodan bosh tortgan - bu uning mavsumdagi maoshining bir qismi.

Umuman olganda, Azar "Real" safida jami 76 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 392 daqiqani maydonda o‘tkazdi. U ushbu o‘yinlarda 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!