“Real”ning ikki futbolchisi “bo‘ri”ga aylanadi

  • 11 noyabr, 2022, 11:01
  • 0
  • Futbol

“Vulverxempton”ga bosh murabbiy qilib tayinlangan Xulen Lopetegi tarkibni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratadigan bo‘ldi. Ispaniya mutaxassis yanvar oyda Angliya premer-ligasiga “Real”ning ikki o‘yinchisini olib kelmoqchi.

Estadio Deportivo nashrining xabar berishicha, Lopetegi himoyachi Nacho Fernendes va hujumchi Mariano Diasni “bo‘rilar” safida ko‘rishni istayapti.

Lopetegi 2018 yili “Real”ni boshqargan va har ikki o‘yinchi bilan shaxsan tanish, ularning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.

Bundan tashqari, Nacho ham, Dias ham “Real”ning hozirgi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining ishonchini qozona olmagan va ularga juda kam imkoniyat berilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!