Robert Uittaker: "Agar Xamzat bilan kurash yoki jiu-jitsu qoidalariga ko‘ra jang qilganimda..."

  • 4 may, 20:59
  • 0
  • MMA

O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker(25-7) Hamzat Chimaev(13-0)ning kurashdagi mahoratini katta xavf deb hisoblamaydi.

 "Xamzat, albatta, jiu-jitsuda juda yaxshi va u buni o‘zining kurashi bilan yaxshi birlashtirgan. Menimcha, ko‘p jangchilar ikkalasining kombinatsiyasiga tayyor emaslar. Chimaev oktagon to‘ridan ajoyib tarzda foydalanadi, uzun qo‘llari va bo‘yi bilan kuchini ishga solib, raqibini to‘rga mixlab qo‘yadi, Men Xamzatni xavfli deb bilsam ham, o‘z mahoratimga juda qattiq ishonaman. Agar u bilan sof kurash yoki jiu-jitsu qoidalariga ko‘ra jang qilganimda ham, men omon qolgan bo‘lardim. Men eng yaxshilar bilan kurasha olaman va buni isbotladim. Bu safar ham bo‘yda Xamzat bilan jang qilaman" - deya Uittakerni so‘zlarini keltiradi ESPN.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!