Robert Uittaker: "Bu men uchun eng zo‘r jang"

  • 3 aprel, 16:30
  • 0
  • MMA

84 kg vazn toifasida sobiq UFC chempioni avstraliyalik Robert Uittaker (25-7) Hamzat Chimaevni( 13-0) sinovdan o‘tkazadi. Ularning jangi 22 iyun kuni Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan "UFC Fight Night" turnirida bo‘lib o‘tadi.

 “Bu men uchun eng zo‘r jang, chunki menda nomdor raqibni mag‘lub etish imkoniyati bor. Katta shov-shuvga sabab bo‘layotgan Hamzatga qarshi kurash ko‘pchilikning e’tiborini tortadi. U hozir diviziondagi eng qo‘rqinchli jangchiligi bois, hech kim u bilan jang qilishni xohlamayapti. Ehtimol, bu to‘qnashuvda men oktagonda tezlik va zarba berishda ustunlikka ega bo‘larman. Chimaevning eng kuchli tomonlaridan biri, albatta, kurash mahoratidir. Ammo u men bilan ancha qiynaladi, chunki men masofani juda yaxshi ushlayman.  Menimcha, bu jangda g‘alaba qozonish menga chempionlik uchun kurash olib borish imkoniyatini beradi”, — deb Uittakerning so‘zlarini keltiradi Middle Easy portali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!