Ronaldoning "Inter"dan ketishiga Kuper sababchi bo‘lgani rostmi?

  • 12 fevral, 2020, 19:46
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldo nega "Inter"dan ketgani haqida aytib o‘tdi.

“Men “Inter”da baxtli edim. Muxlislar meni judayam kuchli qo‘llab-quvvatlashardi. O‘shanda murabbiy Kuper edi va men u bilan ishlay olmadim. O‘shanda men rahbariyatga meni yoki murabbiyni tanlash shartini qo‘yganman.

O‘shanda mening “Inter”dagi faoliyatimga yakun yasalgan. Klub o‘shanda Kuperni olib qolishni tanlagan”, - deydi Ronaldo.

Ma’lumot uchun, Ronaldo 1997-2002 yillarda “Inter”da to‘p surgan va 98 ta o‘yinda maydonga tushib raqiblari darvozasiga 59 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper 2018-2019 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!