Ronaldu nega "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tdi? Habib Nurmagomedov bu savolga javob berdi

  • 5 sentabr, 2021, 16:34
  • 0
  • Futbol

Engil vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni Habib Nurmagomedov portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"dan nega "Manchester Yunayted"ga o‘tganini aytdi.

“Shaxsiy xabarlarni oshkor qilmoqchi emasman. U Italiyada zerikkanini va Angliyaga ketmoqchi ekanligini aytdi.

To‘g‘ri, men Italiya futboli muxlisi emasman, ammo Angliya futboli muxlisi bo‘lishim mumkin. U erdagi har qanday jamoa tomoshaboplikni oshirishi mumkin”, - dedi Nurmagamedov.

Bundan avvalroq, Habib Ronuldaning MYuga o‘tishini bir oy oldin bilgani haqida ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!