Ronaldu UFC jangchisiga qimmatbaho sovg‘a berdi (foto)

  • 24 oktabr, 2023, 11:01
  • 0
  • Futbol

Futbol tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchi Krishtianu Ronaldu og‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni Frensis Ngannuga qimmatbaho sovg‘a berdi.

Frensis Ngannu 28 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan boks kechasida professional boksning WBC yo‘nalishi chempioni Tayson Fyuriga qarshi jang qilishi lozim.

Ronalduning Ngannuga taqdi qilgan soati Heart of Ronaldo seriyasi ochtida Jacob & Co kompaniyasi bilan hamkorlikda cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan. Bu soatning narxi 100 ming evroga baholanmoqda.

63381be7dbb3eacb2b539970c1f87b4e

Tayson Fyuri professional faoliyati davomida 33 ta jangda g‘alaba qozongan va bir marta durng qayd etgan. Kuchli zarba sohibi 24 ta raqibni muddatidan olding enggan. 

Aralash jang san’atlari ustasi Ngannu esa 17 marta g‘olib chiqqan va uchta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!