Ronalduning "toychoqlari". Yoxud portugaliyalik yulduzning avtomashinalari haqida gaplashamiz

  • 20 may, 2021, 23:18
  • 1
  • Futbol

Krishtianu Ronaldu nafaqat dunyoning eng sovrindor, balki eng boy sportchilaridan biri hamdir. Joriy hafta 36 yoshli portugaliyalik futbolchi Turindan o‘zining qimmatbaho avtomobillarini olib chiqib ketayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu esa uning “Yuventus”dan ketish ehtimoli juda yuqori ekanidan dalolatdir. Ammo biz bugun uning faoliyati haqida emas, balki qimmatbaho avtomobillari haqida gaplashamiz. Xo‘sh, Ronalduning garajida qanday turdagi mashinalar bor?

Krishtianu Ronaldu kupil samyy dorogoy avtomobil Bugatti La Voiture Noire -  Chempionat

Cristiano Ronaldo's Astonishing Collection Of Cars Including 3 Porsches, 2  Bugattis, 2 Ferraris & They Are Worth Almost £6m (Photos) | Bugatti veyron  super sport, Cristiano ronaldo, Ronaldo

BUGATTI CHIRON va VEYRON

Ushbu mashinalar Ronalduning kollektsiyasidagi eng qimmatlari hisoblanadi. Ronaldu BUGATTI bilan tezlik zavqini his qiladi, hech kim bu mashinaning chinakam tezligiga dosh berolmasligi aniq. Uning maksimal tezligi soatiga deyarli 500 kilometrni tashkil etadi. CHIRON hozirda dunyodagi eng qimmat mashinalardan biri, uning narxi qariyb 3 million dollarni tashkil etadi! VEYRON allaqachon eski modelga aylangan. Uning qiymati 1,3 million dollarga teng.

Krishtianu Ronaldu kupil samyy dorogoy avtomobil v mire — Bugatti La  Voiture Noire

LAMBORGHINI AVENTADOR LP 700-4

Ronaldu nafaqat oltin to‘plar va butsalar, balki oltin rangdagi mashinalarni ham yaxshi ko‘radi. Soatiga 349 kilometrgacha tezlasha oladigan sportkarning narxi 400 ming dollardan oshadi. Ha, u oltin rangda.

Maserati-GranCabrio Ronaldu

MASERATI GRANCABRIO

Krishtianu Italiya avtomobilsozlik sanoatini yaxshi ko‘radi. U 2021 yilda 355 ming dollarga qulay kabriolet sotib oldi. Eng kuchli dvigatelning guvillashidan zavqlanib, Turin havosidan ozgina nafas olmoqchi bo‘lganingizda ushbu avtomobil sizga juda ham mos tushadi.

Ferrari-599-GTO (1).v1 - Vbet News

FERRARI 599 GTO

Umuman olganda, Ronalduning kollektsiyasida kamida uchta FERRARI mavjud va ular orasida 599 GTO eng «ekstremal» hisoblanadi. Ushbu avtomobil haqiqiy san’at asari. Ushbu mashina 100 km soat tezlikka bor yo‘g‘i 3,3 soniyada chiqa oladi. Shu bilan birga FERRARI 599 GTO o‘z sinfiga mansub avtomobillar orasida eng qulaylaridan biri ekanligi aytiladi.

ronaldo-car.v1 - Vbet News

MERCEDES BENZ GLE63S AMG

Krishtianuda Italiya avtolaridan tashqari nemis ulovlari ham bor. Ushbu GLE63S AMG bir vaqtning o‘zida tank kabi harakatlanishi mumkin, ammo agar xohlasa, u sport avtomobili kabi tezlasha oladi. Ammo uning narxi Ronalduning boshqa mashinalaridan ancha arzonroq. Ushbu Mersedes 115 ming dollar turadi.

Cristiano Ronaldo's girlfriend Georgina Rodriguez poses in a tie-front  bikini after buying him a Merc for his birthday

MERCEDES BENZ G-WAGON BRABUS

Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges uning 35 yoshli tavallud ayyomiga 650 ming dollar turadigan MERCEDES BENZ G-WAGON BRABUS avtomobilini sovg‘a qildi.

Samye eksklyuzivnye avtomobili Krishtianu Ronaldu | Astashov Viktor | Yandeks  Dzen

RANGE ROVER SPORT

Ronalduning kollektsiyasida yana bir katta mashina bor. U Turindagi bazaga bir necha bor aynan RANGE ROVER avtomobilida tashrif buyurdi. Uning narxi ancha oddiy - atigi 120 ming dollar.

Cristiano-Ronaldo-Aston-Martin-DB9 - HKMENTALK

ASTON MARTIN DB9

Ronaldu agent Jeyms Bond kabi ASTON MARTIN avtomobiliga ega. 540 ot kuchiga va V-12 dvigateliga ega bu mashina tezlikning haqiqiy namunasi. Bunday jozibador avtomobil 200 ming dollardan sal qimmatroq turadi.

Footballer Ronaldo liquidating his car collection - after accepting £80  million bid from Real Madrid

BENTLEY GT SPEED

Krishtianuning kollektsiyasidagi yana bir "britaniyalik" bu BENTLEY GT SPEED avtomobilidir. Ronaldu kamdan-kam hollarda ushbu avtomobilni boshqaradi, garchi u ASTON MARTIN mashinasidan yomon bo‘lmasa ham. Ularning narxi bir xil. BENTLEY GT SPEEDning narxi ham 200 ming dollar atrofida turadi.

Krishitanu Ronaldu kupil pervyy v istorii vnedorojnik Rolls-Royce -  Avtonovosti Ukrainy i mira - Avto - bigmir)net - Avto bigmir)net

ROLLS ROYCE PHANTOM

ROLLS ROYCE ko‘p yillardan buyon hashamatli avtomobillar sirasiga kiradi. Ronaldu o‘zining "PHANTOM"ini 2008 yilda sotib olgan va u hali ham portugaliyalikning kollektsiyasida saqlanmoqda. U bu mashina uchun yarim million dollar to‘lagan.

Mashiny Krishtianu Ronaldu - skolko avto u futbolista, marki, podborka foto

AUDI R8

Boshqa avtomobillarning fonida AUDI byudjet variantiga o‘xshaydi, ammo Ronalduning so‘zlariga ko‘ra, bu mashina soddaligi va qulayligi bilan unga yoqadi.

Ronaldo gets $1.15 million birthday present | Daily Mercury

CHEVROLET CAMARO

Ronalduning barcha mashinalari ichida eng arzoni. U uni 2016 yilda atigi 35000 funtga sotib olgan. Qizig‘i shundaki, Krish ushbu mashinani oilaviy avtomobil, deb hisoblaydi.

Ronaldo buys $11 million Bugatti Centodieci to celebrate Juventus' Serie A  title win | Football news | Cristiano Ronaldo, Bugatti Centodieci

BUGATTI CENRODIECI

Ushbu mashina hali chiqarilmagan, ammo Krishtianu Ronaldu uni allaqachon buyurtma qilib qo‘ygan. Hammasi bo‘lib, ushbu mashina 10 dona ishlab chiqariladi. Ularning har biri 8 million evroni tashkil qiladi. 16 tsilindrli dvigatel ushbu mashina 2,4 soniyada 100 kilometrgacha tezlik oladi, 6,1 soniyada esa 200 km soat tezlikka erishadi. Ronaldu ushbu avtomobilni 2022 yilgacha kutishiga to‘g‘ri keladi.

Ishoning, bular Krishtianu kollektsiyasidagi mashinalarning barchasi emas. Mish-mishlarga ko‘ra, ularning soni ellikdan ortiqni tashkil etadi. Bir kun kelib u bemalol o‘z mashinalaridan muzey ochishi ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
20/05/2021 23:43
50 ТА АВТОМАБИЛ СЕНГА ЯРАШАДИ РОНАЛДУ... БОШҚАЛАРГА ШЎЛПИЛЛАБ ҚОЛАДИ... БИЗЛАРГА ҲАМ НАСИБ ҚИЛСИН ИЛОҲИМ. ЛОМБАРЖИ ОЛТИН РАНГИ АЖОЙИБ.