Rossiya matbuoti: Shomurodov mavsum so‘nggigacha "Rostov"da qolmoqchi!

  • 13 yanvar, 2020, 02:00
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi forvardi Eldor Shomurodov "Rostov"dan ketmoqchi emas, deb xabar bermoqda Rossiyaning "Biznes Online" nashri.

Manbaga ko‘ra, hujumchi jamoada mavsum yakuniga qadar qolib, Evropa chempionlar ligasiga chiqish uchun yordam bermoqchi. Shu qatorda, hamyurtimiz o‘z oldiga RPL to‘purari bo‘lib, keyin Evropaga yo‘l olishni maqsad qilgani ham ta’kidlangan.

Faqatgina, katta mablag‘ evaziga uning transferini sotib oladigan jamoa chiqsa, u ketishi mumkin, ammo hozirda, bunday takliflar yo‘q!

Avvalroq, futbolchiga "Shalke" klubidan qiziqish bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov Rossiya chempionatining joriy mavsumida 19 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 gol urdi va to‘purarlar ro‘yxatida faqatgina, Artyom Dzyubadan bitta golga ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фк сурхон
13/01/2020 07:30
Элдор ертароқ кетишинг керак еди