"Rostov" klubi mashhur professional bokschiga taklif bilan chiqdi

  • 20 avgust, 2020, 09:55
  • 0
  • Boks

Rossiyaning “Rostov” futbol klubi professional bokschi Aleksandr Povetkinni yangi qiyofasiga baho berdi va uni navbatdagi o‘yinlariga taklif etdi. Povetkin o‘z jamoasi bilan sport kastyumlarida tushgan rasmini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan edi. Bu suratlar Gay Richining “Jentelmenlar” kriminal komediyasining qahramonlari kiygan kostyumlar bilan bir xil edi.

 “Rostov” klubi tomonidan murabbiy Valeriy Karpin ishtirokida aynan ushbu filmga o‘ziga xos parodiya olindi va Aleksandr Povetkinga o‘ziga xos murojaat bilan chiqdi.

 “Aleksandr, sizning kiyinish uslubingiz bizga va murabbiyimiz Valeriy Karpinga juda yaqin. Navbatdagi jangingizda omad tilaymiz va ushbu jangdan so‘ng, Rostov-na-Donuda o‘tadigan istalgan o‘yinlarimizdan biriga taklif etamiz. Sizni juda yaxshi kutib olishga harakat qilamiz”,-deb yozilgan, klubning Instagram sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!