RPLda to‘p tepayotgan legionerimiz qizil kartochka oldi

Rossiya chempionati 24-turidan o‘rin olgan "Rubin" - "Lokomotiv" Moskva bahsida legionerimiz qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. 

Bellashuvning 76-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda o‘zbekistonlik forvard himoyadagi qo‘pol o‘yini uchun hakam tomonidan maydondan chetlashtirildi. 

U joriy mavsum RPL doirasida jami 18 ta bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!