"Rubin" ustozi tarixiy kunda qizil kartochka olgan Ashurmatov haqida gapirdi

Rossiya Premer ligasi 24-turidan o‘rin olgan "Rubin" - Lokomotiv" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

Legionerimiz Rustam Ashurmatov o‘yinning ilk daqiqalaridan maydonga tushdi va 77-daqiqada qizil kartochka oldi. Qozon klubi ustozi Oleg Kuzmin matbuot anjumanida qatnashdi va Ashurmatovning qizil kartochka olgani haqida gapirdi.

"Bugungi ajoyib o‘yin uchun ikkala jamoaga ham rahmat!  Fursatdan foydalanib, barcha muxlislarni "Rubin"ning tug‘ilgan kuni bilan tabriklayman. Yigitlar bu haqda bilishardi va bir qator muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng ular muxlislarni xursand qilishni xohlashdi.

- Ashurmatovni chetlatish qanchalik adolatli bo‘ldi deb hisoblaysiz?

Men hali ushbu vaziyatning takrorini ko‘rmadim. Yon hakam Ashurmatovga yaqin joyda turgandi va so‘nggi umid foli sifatida qo‘polllik ishlatgan deb hisobladi. Men albatta buni ko‘rib chiqaman", - dedi Kuzmin.

Ma’lumot uchun, 1958 yilning 20 aprelida "Rubin" klubi tashkil etilgan. Klub bugun o‘zining 65 yilligini nishonlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!