Sambochilarimiz Ufadagi Gran-prini 7 ta medal bilan yakunlashdi

Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida sambo bo‘yicha Gran-pri turniri yakunlandi.

Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik sambochilar ham ishtirok etayotganliklari haqida avvalroq xabar qilgandik.

Kecha vakillarimiz musobaqada 1 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgandi.

Bugun musobaqaning ikkinchi kuni doirasida vakillarimiz 4 ta medalga ega chiqishdi. Jangovar sambo yo‘nalishida Sharif Kushaev oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasidagi sambo yo‘nalishida Elyor Hojimamatov, Ne’mat Yoqubov va Nurbek To‘raev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, vakillarimiz Gran-prini 2 ta oltin va 5 ta bronza medali bilan yakunlashdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi sambochilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:

+98 kg: Islom Nosirov (jangovar sambo)
-71 kg: Sharif Kushaev (jangovar sambo)

Bronza:

-88 kg: Elyor Hojimamatov
-98 kg: Ne’mat Yoqubov
+98 kg: Nurbek To‘raev
-71 kg: Dilshodbek Yo‘ldoshev
-88 kg: Sohibjon Hasanboev (jangovar sambo)

O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!