Serena uchun ilk o‘yin qiyin o‘tdi

  • 2 sentabr, 2020, 10:20
  • 0
  • Tennis
AQShning Nyu-York shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "US Open" turnirining birinchi davra uchrashuvlari davom etmoqda.
 
Unda amerikalik Serena Uilyams hamyurti Kristi Anni 7:5, 6:3 hisobida engdi va Amerika ochiq chempionatidagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.
 
Endi Uilyams turnirning ikkinchi bosqichida rossiyalik Margarita Gasparyanga bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!