Sergey Fomin ikkinchi davrada

  • 25 aprel, 2019, 14:28
  • 0
  • Tennis
Andijon shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalar taqvimidan joy olgan nufuzli musobaqaning birinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
 
Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin belaruslik Aleksandr Liaonenkaga qarshi kortga chiqdi.
 
Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda Sergey raqibi ustidan 6:4, 2:6, 6:2 hisobida zafar quchdi. Endi Fomin ikkinchi davrada rossiyalik Roman Safiullinga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!