Shaxmat bo‘yicha yilning eng nufuzli musobaqasi - FIDE rapid va blits jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston vakillari nomi ma’lum bo‘ldi. Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishi jahon chempionlik unvonini himoya qiladimi? (ishtirokchilar)

25-31 dekabr kunlari Qozog‘istonning Almati shahrida shaxmat sport turidan FIDE tasnifiga kiruvchi yilning eng nufuzli musobaqasi - "FIDE rapid va blits jahon chempionati" bo‘lib o‘tadi.

149 nafar erkak shaxmatchilar bellashuvlarda ishtirok etsa, ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda 93 nafar qatnashchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Magnus Karlsen (2859) (Norvegiya), Hikaru Nakamura (2768), (AQSh), Fabiano Karuana (2766) (AQSh), Yan Nepomnyashiy (2793) (Rossiya), Anish Giri (2764) (Niderlandiya) kabi jahon yulduzlari, ayollar o‘rtasi esa Aleksandra Goryachkina (2584) (Rossiya), Katerina Lagro (2563) (Rossiya), Hampi Koneru (2572) (Hindiston), Tan Jongyi (2518) (Xitoy) va boshqa etakchilar g‘oliblik uchun bahs olib boradilar.

Ushbu musobaqada har bir shaxmatchi individual tarzda ishtirok etadi va quyidagi hamyurtlarimiz ham ro‘yxatdan o‘tgan:

Erkaklar: Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov, Humoyun Bekmuratov, Muhammadzohid Suyarov.

Ayollar: Nafisa Mominova, Umida Omonova, Afruza Xamdamova.

Eslatib o‘tamiz hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishida amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!