Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 1 million dollarlik jahon chempionatida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 25-31 dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada rapid bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmoqda. Ta’kidlash kerakki, hamyurtimiz 2021 yil Polshada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida aynan rapid yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Qozog‘istondagi dunyo birinchiligining umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!